Buxoro xonligi tarixida Ubaydullaxonning oʻrni haqida fikr bildiring.
Bilet ¹30, savol ¹2
Buxoro xonligi tarixida Ubaydullaxonning oʻrni haqida fikr bildiring.
1533-yilda Abu Saidxon vafotidan so‘ng, turkiy an’anaga binoan sultonlar ichida eng yoshi ulug‘i Ubaydullaxon Buxoroda shayboniylar sulolasining xoni qilib ko‘tarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavqei kuchaydi. Buxoroda Mir Arab madrasasi, Mirak Said G‘iyos bog‘i, Ko‘hak (Zarafshon) daryosi ustida Mehtar Qosim ko‘prigi va boshqa inshootlar qurildi. Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e‘tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», «Ubaydulloh» taxalluslari bilan o‘zbek, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o‘z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko‘chirilgan (1583). Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g‘azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasawufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi “Omonatnoma”, “Shavqnoma”, “G‘ayratnoma”, “Sabrnoma” manzumalari o‘rin olgan. Forsiy devonida esa 163 g‘azal, 418 ruboiy, 7 qit‘a, 1 fard, I masnaviy, 1 tarje‘band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g‘azal, qit‘a va fardlardan iborat. Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an‘anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat etib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasawufiy g‘oyalar yetakchilik qiladi. Ubaydullaxon o‘zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o‘zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bogdiq. Shoir she‘rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, o‘ziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹30
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali