Kulrang tanali drozofila pashshalari oʻzaro chatishtirilganda keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali boʻlgan. Chatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniqlash mumkinmi? Aniqlash uchun qanday chatishtirish oʻtkazish kerak? (Drozofila pashshasida tananing kulrang boʻlishi – B, qora boʻlishi – b ustidan toʻliq dominantlik qiladi)