Boburiylar imperiyasiga asos solinishi.
Bilet ¹1, savol ¹1
Boburiylar imperiyasiga asos solinishi.
XVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. O'zaro ichki nizolar va urushlar mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanib qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida lodiylar sulolasi hukmronlik qilardi. Bobur Mirzoning Hindistonga qarshi harbiy yurishi 1525-yilning oxirida boshlandi. 1526- yilning 21- aprelida panipat jangida Ibrohim Lo'diy qo'shini tor mor keltirdi. 27-aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya — Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o’zi bilan qolgan qo’shinga jogir tarqatdi. Bu yerlarda xo'jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish mahalliy urf- odatlami yaxshi biladigan hindlarga topshirildi. Bobur podshoh imperiya taxtida uch yil o’tirdi. 1530-yilda o’limidan avval imperiya hududlarini o’g’illariga bo’lib berdi. Imperiya taxti katta o’g’li Humoyunga nasib etdi. Panjob, Kobul va Qandahorga ega bo’lgan qolgan uch o’g’li akalari Humoyunga bo'ysunishini vasiyat qildi.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹1
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali