Quyosh xudosi Gelios haykalining qurilishi

Bilet ¹4, savol ¹2

Quyosh xudosi Gelios haykalining qurilishi

Javob

Qadimgi Yunonistonda aksariyat aholi Quyosh ma’budi Geliosga e’tiqod qilishgan. Shu boisdan yunonlar erishgan har bir muvaffaqiyatlari uchun Geliosga qurbonliklar qilishgan, haykallar qo'yishgan. Ana shunday haykallardan bin Egey dengizida Rodos orolidagi shu nom bilan nomlanuvchi shaharda, miloddan avvalgi 292-280-yillarda bunyod etilgan. Mazkur obida mahobatli bo'lganligi sababli, hech shubhasiz Qadimgi Dunyoning yetti mo'jizasidan biri deb tan olingan. Mazkur haykal Rodosdagi Koloss (Gelios) nomi bilan mashxur.
Ko'pgina zamonaviy ta’riflarga ko'ra, Gelios haykali taxminan 70 tirsak yoki 33 metr (108 fut) balandlikda edi — bu zamonaviy Ozodlik haykalining oyog'idan to tojigacha bo'lgan balandligiga teng. Bu esa uni qadimgi dunyodagi eng baland haykalga aylantirdi.[l 1 Eramizdan avvalgi 226-yilda bo'lib o‘tgan zilzila haykalga katta talofat yetkazgan bo‘lsa-da, uning ayrim qismlari saqlanib qolgan. Ma’lum bir sabablarga ko'ra, rodosliklar uni qayta qurishmagan.[2] Jon Malalas Adrian o'z hukmronligi davrida Kolossni qayta tiklaganini yozib qoldirgan[3]. Ba’zi ma’lumotlarga ko'ra, rodiyliklar orolda haykal o'matganlari uchun kolossayliklar (Kolosaeis) deb ham atalgan.[4] 653-yilda musulmon sarkardasi Muoviya I boshchiligidagi arab qo'shinlari Rodosni egalladi va Feofan Xronikasida e’tirof etilishiga koTa, haykal butunlay vayron etilib, qoldiqlari sotib yuborildi. 2008-yildan beri Rodos bandargohidayangi Colossus qurish bo'yicha hali amalgaoshirilmagan bir qator takli flare’Ion qilindi, ammo asl yodgorlikning haqiqiy joylashuvi bahsli bo'lib qolmoqda

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹4

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar