Buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lishi va uning tarixiy ahamiyati

Bilet ¹9, savol ¹1

Buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lishi va uning tarixiy ahamiyati

Javob

Uzunligi 12000 km bo4lgan Buyuk Ipak yo‘1i miloddan avvalgi II asrda ochildi. Bu yo'l faqat savdo yo'li emas edi. U, ayni paytda, dunyo xalqlari o'rtasida madaniy hamda davlatlar- aro aloqalar yo‘li sifatida ham xizmat qildi. Yo'l Xitoyning Xuanxe daryosi bo'yida joylashgan Sian shahridan boshlanib, ikki yo'nalishli bo'lgan. Birinchi yo‘nalish — Xitoydan Samarqandgacha bo'lgan yo'nalish edi. Samarqandda yo'l yana ikkiga bo'lingan. Biri Eron orqali O‘rtayer dengizigacha, ikkinchisi Shimoliy Kavkaz orqali Qora dengizgacha yetib borgan. Ikkinchi yo‘nalish Xitoydan boshlanib, Pomir — Tyan-Shan tog' tizmalaridan o‘tib, Afg‘onistonga, undan Hindistonga olib chiqqan. Ipak mahsulotlari Yevropa xalqlarini juda maftun etgan. U za- monlarda Yevropa ipak nimaligini bilmagan. Bizning bobolarimiz va xitoyliklar ipakdan ajoyib matolar to'qiganlar. Bu matolar yevropaliklami lol qoldirgan. Ba’zi yozma manbalarda yozilishicha, hatto bir vaqtlar ipak mato o'rami pul o'mida ham ishlatilgan. Buyuk Ipak yo'li qaysi davlat hududidan o'tgan bo'lsa, shu davlat hukmdorlari yo'l yoqasida bekatlar, karvonsaroylar qurdirganlar. Yo'lning xavfsiz bo'lishi choralarini ko'rganlar. Chunki bu yo'l tufayli shu davlatning ham savdo-sotiq ishlari rivojlangan. Qolaversa, savdo karvonlarining egalari boj ham to‘laganlar. Bu esa davlat xazinasiga katta daromad keltirgan. Buyuk Ipak yo'li yurtimiz tarixida ham katta iz qoldirdi. Buyuk Ipak yo'li dunyo xalqlariga o‘n yetti asr davomida xizmat qildi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹9

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar