Tobora kuchayib borayotgan sovuq oldida mutlaqo himoyasiz ekanliklarini tushunib, qadimgi odamlar issiqroq va pana joy izlab, olis makonlarga yo‘l olishadi. Mana, ko‘pdan beri yo‘talayotgan keksa bir kishi orqada qola boshladi. U kasal edi va zo‘rg‘a qadam bosardi.
Odamlar tez-tez to‘xtash xatarli ekanligini, chunki shuni deb ko‘pchilik o‘lib ketishi mumkinligini yaxshi tushunishardi. Chol ortda qolib ketdi, biroq boshqalar uni kutmasdan yo‘lda davom etishdi. U begona joylarda yolg‘iz qolajagini tushundi va alam bilan ingradi. Cholning yolvorib chekayotgan faryodi anchagacha eshitilib turdi, keyin bora-bora pasayib, oxiri umuman o‘chdi.
Keyinroq shu yo‘ldan o‘tgan boshqa odamlar sovuqdan qaltirab yotgan kasal cholni ko‘rdilar. Lekin bu odamlar ham unga yordam bermadilar. Qor bo‘roni to‘xtamay uvullardi. Dahshatli sovuq boshlangan. Oldinda odamlarni misli ko‘rilmagan sinovlar kutardi. Bu olis, shafqatsiz ibtidoiy davr edi. Muzlik davrida baquvvat odamlargina omon qoldilar.
Nazorat: Tarix 6-sinf BSB ¹1, 1-variant
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali