3-topshiriq. Matnda 5 ta gap berilgan.

Undan foydalangan holda ma’lumotlarning eneolit yoki bronza davriga oidligi asosida guruhlarga ajrating (har bir to‘g‘ri ma’lumot uchun 2 balldan qo‘yiladi). Odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi. Xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshladi. Idishlarni pishirish uchun kulolchilik o‘choqlaridan foydalanishga kirishildi. Qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo‘ldi va patriarxat davri boshlandi.

Eneolit davri
O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi.
Xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshladi.
Idishlarni pishirish uchun kulolchilik o‘choqlaridan foydalanishga kirishildi.

Bronza davri
Odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar.
Qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo‘ldi va patriarxat davri boshlandi.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Tarix 6-sinf BSB ¹1, 1-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar