1-topshiriq. “Gandimiyon sharnomasi” haqida ma’lumot bering.

Kaufman Xivani egallaganidan so‘ng 1873-yil 12-avgustda Gandimiyon qishlog‘ida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II bilan imzolangan.
Xiva xonligiga qarashli Amudaryoning o‘ng sohili, unga qo‘shni yerlarning barchasi, bu joylarda yashaydigan o‘troq va chorvador aholisi bilan birga xonlik tasarrufidan chiqdi. Shartnomaga binoan Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdoridagi tovonni 20 yil davomida to‘lashi belgilandi. Xonlik xazinasida yetarli darajada pul bo‘lmaganligi uchun bu tovon aholidan yig‘ib olinadigan bo‘ldi. Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligining Rossiya imperiyasiga tobeligini, xonning davlat boshlig‘i darajasida boshqa davlatga bo‘ysunganligini ko‘rsatuvchi hujjat bo‘ldi.
Xiva xonligi Rossiya imperiyasining protektoratiga aylanganligi to‘g‘rishida shartnoma imzolasa¬da, aslida uning vassaliga aylantirilgan.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Ozbekiston tarixi 10-sinf BSB ¹1, 1-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar