3-topshiriq. Matnda 5 ta gap berilgan.

Undan foydalangan holda hozirgi Andijon hududida sodir bo‘lgan 1885-yilgi va 1898-yilgi qo‘zg‘olonlarga oid ma’lumotlarni guruhlarga ajrating (har bir to‘g‘ri ma’lumot uchun 1 balldan qo‘yiladi). General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi. Ular Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar, ammo harbiy kuchlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur bo‘ldilar. Andijonda Darvishxon boshchiligida sodir bo‘lgan. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari o‘z kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga bo‘linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik qildi.

1885-yilgi qo‘zg‘olon
Andijonda Darvishxon boshchiligida sodir bo‘lgan.
Qo‘zg‘olon ishtirokchilari o‘z usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar.
1898-yilgi qo‘zg‘olon
General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi.
Ular Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar, ammo harbiy kuchlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur bo‘ldilar.
Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga bo‘linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik qildi.

Ushbu nazorat bilan boshqa vazifalar

Nazorat: Ozbekiston tarixi 10-sinf BSB ¹1, 1-variant

1 2 3 4 5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar