Abu Ali ibn Sinoning dunyo tabobat ilmiga qo‘shgan hissasi

Bilet ¹14, savol ¹3

Abu Ali ibn Sinoning dunyo tabobat ilmiga qo‘shgan hissasi

Javob

Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishloglda mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi 0‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo'yicha Sharq va G'arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o'rgandi Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning (865-925) asarlarini puxta o'rganadi Ibn Sino o‘n yctti yoshidayoq e’tiborli hakim va olim bolib yctishadi. U amir Nuh ibn Mansumi davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutub xonasidan foydalanishga ruxsat oladi Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch)
Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi U 1037-yilda vafot etadi va Hamadonda dafn ctiladi. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildli “Al- qonun-fit-tib”-(“Tib qonunlari") nomli qomusiy asarida kasalliklaming kelib chiqish sabablari va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor O‘simliklar va dori-darmonlaming xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g'oyat muhim masalalariga alohida e’tibor bcrilgan. Uning “Al-qonun fit-tib”- asari XII asrdayoq lotinchaga tatjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo'llanma sifatida foydalanilgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹14

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar