Jakeriya qo‘zg‘oloni haqida ma’lumot bering

Bilet ¹15, savol ¹1

Jakeriya qo‘zg‘oloni haqida ma’lumot bering

Javob

JAKERIYA (Jacquerie, «Jacques Bonhomme» sokzidan — «Jak Go‘l» — dvoryanlar tomonidan dehqonlarga berilgan kamsituvchi laqab) — Fransiyada 1358-y. mulkdorlarga qarshi ko‘tarilgan dehqonlar qo‘zgkoloni. J. Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida vujudga kelgan iqtisodiy tanglik, yollangan askarlarning talon-toroji va yangi soliqlar solinishi tufayli kelib chiqqan. Qo‘zg‘olon 28-mayda Bovezi viloyatidan boshlandi. Jakeriya ishtirokchilari, asosan, dehqonlardan iborat bo'lib, aholining boshqa tabaqalari ham qatnashgan. Qo‘zg‘olonchilarga Gilyom Kai boshchilik qilgan. Navarra qiroli Karl 10-iyundti Jakeriya rahbarlarini muzokaraga chaqiradi. Muzokara paytida G. Kai xiyonatkorona qo‘lga olinib, qattiq qiynoqlardan so’ng boshi tanasidan judo qilinadi. Karl qo‘shinlari to‘satdan qo‘zg‘olonchi dehqonlarga hujum qilib ularni tor-mor keltiradi. 20 mingdan ziyod dehqonlar qirib tashlangan. Rahbarsiz, uyushmagan va aniq rejasi bo‘lmagan Jakeriya yengiladi. U dehqonlarni shaxsiy qaramlikdan ozod bo‘lishlariga imkon yaratgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹15

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar