Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tomonidan “algebra” atamasini ilm-fanga kiritilishi
Bilet ¹15, savol ¹3
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tomonidan “algebra” atamasini ilm-fanga kiritilishi
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) Xorazm diyorida tug'ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o*z ona yurti Xorazm va Mova rounnahr shaharlarida ko'pgina ustozlardan oladi. So'ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813-833) “Bayt ul-hikma"da mudir sifatida faoliyat ko'rsatadi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo’shdi. Al-Xorazmiy 20 dan ortiq asarlaryozdi Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Asarlari orasida, ayniqsa, matematikaga doir "Al-jabr val- muqobala” mashhur. llatto, “algebra" atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiv nomi esa matematika fanida "algoritm” atamasi shaklida o'z ifodasini topdi Uning “Al-jabr” asari asrlar davomida avlodlar qolida yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish. mcrosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o'lchov ishlarida dasturilamal bo'lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu riso Iasi Xll asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi vaqayta ishlanadi Xorazmiyning arilmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o'nlik hisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, vatandoshimiz Xorazmiv al-jabmi mustaqil fan
darajasiga ko'tarib, algebra faniga asos soldi va tarixda o'zidan o'chmas iz qoldirdi
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹15
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali