Birinchi jahon urushi va uning oqibatlari

Bilet ¹21, savol ¹1

Birinchi jahon urushi va uning oqibatlari

Javob

XX asmingboshlarida jahondagi yirik davlatlaming mustamlakalarga ega bo’lish masalasida o'zaro munosabatlari kcskin ko'rinish oldi Birinchi jahon urushi da Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq - Antanta tomonida turib urushda qatnashdi Rossiya Barcha i^^K>^^oblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling! imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqtisodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo'ydi. Busiz ham G'arbiy Yevropa davlatlaridan taraqqiyoti ancha orqada qolib ketgan Rossiya urush tufayli yanada nochor ahvolga tushib qoldi Natijada podsho hukumati o’z mustamlakalaridan, jumladan, Turkiston o'lkasidan ham yanada ko'proq fovda olish uchun ulaming tabiiy boyliklarini ko'proq o'zlashtirishga jonjahdi bilan kirishdi. Mahalliy aholidan esa arzon mchnat kuchi sifatida foydalanishga harakat qildi. Bu urush tufayli Rossiyada ommaviy safarbarlik c’lon qilindi Safarbarlik Rossiyaning mustamlakalariga ham, jumladan, Turkistonga ham tegishli edi Unga ko'ra Turkiston o'lkasidan urushga 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan aholining yevropalik qismi vakillari chaqirildi Aynan hosillami yig'ib olish vaqtiga to'g'ri kelgan bu chaqiruv Turkiston o’lkasidagi Rossiya gubemalaridan ko'chirib keltirilganlaming oilalari uchun qiyinchilik tug'dirdi. asosiv ishchi kuchi bo'lgan erkaklaming uaishga olinishi oilaning asosiy boquvchisidan ajralishiga va ulaming yomon ahvolga tushishiga sabab bo'ldi. 1914-yilda Turkistonda «favqulodda muhofaza holati» deb e'lon qilinishi natijasida mustamlaka hukumatning mahalliy aholi ustidan nazorat vajazo choralari kuchaydi Turkiston aholisi uaishga safarbarlik c’lon qilinishiga qarshi chiqib, «favqulodda holat» tartiblariga rioya etmay qo'ydilar. Bunday tartiblarni buzganlar 50 so'mgacha jarima to'laydigan yoki 3 oygacha qamoqqa olinadigan bo'ldi. Busiz ham aholi turmush sharoitining yomonligi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning yetishmasligi, narx-navoning oshib ketganligi o'lkada norozilik kayfiyatining yanada oshishiga hamda ommaviy ko'rinishdagi qo'zg'olonlarning kuchayishiga sabab bo'ldi. Urush davomida qishloq xo'jaligi vayron bo'ldi, ekin maydonlari qisqarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. Temiryo'lda boshboshdoqlik hukmron bo'lib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir edi. Butun xo'jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush va bunday ko'lamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ekanligi ayon bo'ldi Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi Maorifga, madaniyatni rivojlantirishga xarajatlar kamayib ketdi va mayda kredit dcyarli qolmadi. 1'aqat uaishning bir yili davomida soliqlar miqdori 50 foizga ko'paydi. Talafotlar o'mini to'ldirish va harbiy xarajatlar o'sishini qoplash maqsadida qo'shimcha mablag'lar izlar ekan, chor hukumati o'zi uchun ancha odatiy va eng oson bo'lgan yo'ldan, ya’ni o'z mustamlaka o'lkalarini talashdan, urush olib borish uchun sarf-xarajatlaming katta qismini o'z mustamlakalari, jumladan, Turkiston o'lkasi gardaniga yuklash yo'lidan bordi. 1915-yildan boshlab, Turkistonda paxtaga o'zgarmas davlat narxlari joriy etildi, narxlar umumiy o'sishi sharoitida bu narx paxtakorlaming hosil yctishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹21

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar