Gomerning ijodi va faoliyati
Bilet ¹21, savol ¹3
Gomerning ijodi va faoliyati
Homer (qadimgi yunoncha: "Opr|pog, Homeros) yunon shoiri, „Iloada" va ,,Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning hayoti haqida aniq ma’lumotlar yo'q. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uningyashab o'tgan davrini mil. av. 12-asr bilan 7-asroralig'ida deb ko'rsatiladi. Homerning so‘qir bo'lgani, o'z asarlarini baxshilar kabi og'zaki aytgani ma’lum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Homerga nisbat berilgan asarlar ko'p, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin fakat 2 asarni — „Iliada" va „Odisseya" Homerniki deb tan olishgan. Ulaming ikkovi ham qahramonlik eposi bo'lib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat she’rlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada" dostonida tasvirlangan Troya ko'p zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman ko'p yillik izlanishlardan so'ng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud bo'lganini isbot qildi. Homer asarlaridan namunalar o'zbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar)
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹21
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali