Mesopatamiyada shahar-davlatlarning vujudga kelishi haqida ma’lumot bering
Bilet ¹22, savol ¹1
Mesopatamiyada shahar-davlatlarning vujudga kelishi haqida ma’lumot bering
Mesopotamiya aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik bo'lgan. Dajla va Frot daryolarining har yil- gi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan. Mesopotamiyada yog'och va metall kabi xo'jalik uchun zarur materiallar bo'lmagan, ammo don mo'l-ko'l yetishtirilgan, chorva mollari ko'p bo'l- gan. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug'ullanardi. Qo'shni Kavkazorti va Eron o‘lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qa- lay va noyob toshlarni keltirardi. Mesopotamiyada turli hunarmandchilik buyumlari bilan ham savdo qilishgan. Metall buyumlar, zeb-ziy- natlar, qurol-yarog‘ va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo- sotiqda kumush quymasi ko'ri- nishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiya- dagi og'irlik o'lchovi “mino” 550 gramm kumushga barobar bo'lgan.
Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan bin — mixxatni ixtiro qilgan. Shumerlar uchi o'tkir- langan tayoqchalar bilan loy taxtachalarga yozgan. Shumerlar bilimdon, tajribali quruvchilar va hunar- mandlar bo'lgan.
Vaqt o'tishi bilan asta-sekin manzilgohlar nihoyatda kengayib ketdi. Miloddan avvalgi 4- mingyillik oxirida Me- sopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa sha- harlar vujudga kela boshladi. Ular shahar va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo'lgan shahar- davlatlar edi.
Har bir shaharda oliy ma’bud nomidan kohinlar hukm- ronlik qilgan, ibodatxonalar esa davlatdagi hokimiyat mar- kazi bo'lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxona- lari — zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan muhtasham zinapoyali inshoot bo'lgan.
Quyosh ma’budi - Shamash alohida ehtiromga sazovor bo'lgan iloh, oliy hakam hisoblanib, yovuz ishlari uchun odamlami sud qilgan. Shuningdek, shumerliklar Oy ma’bu- di - Sin, suv ma’budi - Ea, hosildorlik va sevgi, urush va g'alaba ma’budasi - Ishtarga sig'ingan.
Mesopotamiyaning katta yer-mulklari hukmdorlar va kohinlar qo'l ostida bo'lgan. Dalalarga qullar va erkin yollan- ma ishchilar ishlov bergan. Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga ega bo'lgan. O'z oilasini boqish uchun kambag'allar podsho va ibodatxona mulklarida ishlagan.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹22
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali