Kolizey amfiteatrining o‘ziga xos qurilish uslubi haqida ma’lumot bering
Bilet ¹22, savol ¹2
Kolizey amfiteatrining o‘ziga xos qurilish uslubi haqida ma’lumot bering
Kolizey (italyancha: Colosseo; asl nomi: Flaviy Amfiteatri) Italiya poytaxti Rimning
markazida joylashgan elliptik amfiteatrdir. Kolizey Rim Imperiyasi paytida (milodiy 72-80- yillarda), imperator Vespasian, keyin esa Tit Flaviy tomonidan qurdirilgan. Rim me’morchiligi va muhandisligi namunasi hisoblanadi. Zilzila va qaroqchilik tufayli ko'p qismi buzilib ketgan. Kolizey, Kolossey (lot. colosscus — ulkan) — Qad. Rimdagi me’moriy yodgorlik (milodiy 75—80 yillar). Imperator Tit qurdirgan. Keyinchalik Flaviy amfiteatr" nomi bilan mashhur bo'lgan. K.balandligi 57 m, tarhi ellips shaklida (524 m). 4 qatlamli o‘rindiqqa 50 ming tomoshabin joylashgan. Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona bo'lgan. Imperator o'rindig'i sahna bilan teng (balandligi 3,5 m) bo'lgan. 1-qatlamda imperatoming yaqinlari, 2-qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4 qat-lamda oddiy xalq o'tirgan. O'rindiklar toshdan ishlangan, galereyalarining konstruksiyalari beton va g'isht bilan mustahkamlangan. K. ning ulug‘vor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori bilan jozibador ishlangan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda foydaranganlar. K. markazidagi sahnada bayram marosimlari, qurbonlik, gladiatorlar jangi, teatr tomoshalari o'tkazilgan
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹22
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali