Avliyo Sofiya ibodatxonasining o‘ziga xos me’morchilik uslublari haqida gapirib bering.

Bilet ¹24, savol ¹2

Avliyo Sofiya ibodatxonasining o‘ziga xos me’morchilik uslublari haqida gapirib bering.

Javob

Sofiya ibodatxonasi (qadimgi yunoncha: Ayia Locpia; lotincha: Sancta Sapientia; turkcha: Ayasofya), bugungi kundagi rasmiy nomi: Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi (turkcha: Ayasofya-i Kebir Cami-i $erifi)[ 1 ] — Istanbuldagi me’moriy yodgorlik. Vizantiya me’morligining buyuk mahobatli yodgorligi (532-537). Ibodatxona eramizning 360-yilidan 1453-yilgacha Usmonlilar imperiyasi tomonidan Konstantinopol zabt etigunga qadar yunon pravoslav cherkovi bo'lgan. 1935-yilgacha masjid vazifasini bajarib, muzeyga aylangan. 2020-yilda qayta masjid bo'lib ochildi. Me’morlari trallik Anfimiy va miletlik Isidor. Sofiya ibodatxonasi tarhi 3 neflk gumbazli bazilika shaklida bo'lib, yon neflari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimon. O'rta nefi keng va baland, tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Ibodatxona uzunligi 77 m, gumbaz diametri 31,5 m. Gumbazi 4 ustunga hamda bag'alidagi ravoqlarga tayangan. Gumbaz asosiga 40 ta deraza ishlangan. Interyerida order tizimi (kolonnada, ravoq va boshqalar) dan foydalanilgan. Rangli marmar va koshinlar bilan serhasham bezatilgan. 6-asrda vayron bo'lgan gumbazi 1374-yilda kichik hajmda qayta tiklangan. 4 tomoniga nayzasimon minora ishlangan (16-18-asrlar).

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹24

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar