Jordano Brunoning ijodi va faoliyati
Bilet ¹24, savol ¹3
Jordano Brunoning ijodi va faoliyati
Italiyalik faylasuf Jordano Bruno Neapolning sharqida joylashgan Nola shahrida mayda dvoryan oilasida tug'ilib o'sdi. U 11 yoshida Neapoldagi maktabga o'qishga bordi. 14 yoshida esa Neapol dorilfununining boshlang'ich kulliyoti talabasi bo'ldi va falsafa, mantiq hamda
dialektikadan tahsil ola boshladi. 1565 yilda u rohiblik maktabiga o'qishga kirib, falsafa fanlari doktori va rohiblik darajasiga erishdi. Yosh Brunodagi tug'ma iste’dod, ibodatxonadagi kitoblar hamda fe’l-atvoridagi mag‘rurlik va mustaqillik hammasi bir bo‘lib o‘z ishini qildi. Bruno ibodatxonadagi din peshvolari bilan kelisholmay awal ibodatxonani, keyin Italiyani tark etdi. U Shveytsariya, Farangiston, Angiiya shaharlari bo‘ylab kezib, Tuluza, Parij, Oksford dorilfununlarida ma’ruzalar qildi, muhim ilmiy bahslarda qatnashdi. 1584-1585 yillari Bruno Londonda yashadi. Bu yerda uning dunyoqarashlari tizimini aks ettiruvchi 6 ta suhbatni o‘z ichiga olgan kitoblari bosmadan chiqdi: «Koinot va olamlaming cheksizligi haqida» (1584), «Sabab, ibtido va umumiylik haqida» (1584), «Zamonamizning riyoziyotchi va faylasuflariga qarshi 160 ta asosiy qoidalar» (1588 y), «Qahramonona tashabbuskorlik haqida» (1585), «Qiyomatdagi bazm», «O’ttiz haykal chirog‘i» (1587). Bruno 1591 yilning kuzagida Italiyaga qaytadi va 1592 yilning may oyida shakkoklikda ayblanib, hibsga olinadi. Bruno to‘qqiz yil davomida turmada ayovsiz qiynoqlar, xo‘rliklar iskanjasida azob chekadi. Katolik cherkovi sudi bir so‘zli faylasufning irodasini sindirish va o‘z qarashlaridan voz kechishga majburlash uchun barcha qiynoqlami ishga soladilar. Lekin Bruno o‘z e’tiqodiga sodiq qoladi. Jasur donishmandni o‘tda kuydirib, qatl etishga hukm qiladilar. 1600 yilning 17 fevralida Italiyaning buyuk farzandi Brunoni gulxanda yondiradilar. «O’tda yoqmoqlik— inkor etmoqlik emas!» Bu so’zlar alanga iskanjasida qolgan Brunoning so‘nggi nidosi edi.
Fan:
Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹24
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali