Samolyotning yaratilishi haqida ma’lumot bering

Bilet ¹30, savol ¹1

Samolyotning yaratilishi haqida ma’lumot bering

Javob

Odamzod uzoq-uzoq davrlardayoq osmonga parvoz qilishni orzu qilgan. XIX asrning oxiri — XX asr boshlariga kelib, odamning bu orzusi ushaldi. Rus olimi Aleksandr Fyodorovich Mojayskiy 1885-yilda ikkita bug' dvigateli o‘matilgan birinchi samolyotni yaratdi. Olimlar va konstruktorlar dvigateli yonilg‘i (benzin, kerosin) bilan ishlaydigan samolyot yaratish ustida ham bosh qotir- dilar. Nihoyat, 1902-yilda amerikalik aka-uka Uilber va Orvill Raytlar dunyoda birinchi bo'lib shunday samolyot yaratdilar. Ular 1903-yilda 3 metr balandlikda birinchi parvozni amalga oshirdilar. Parvoz atigi 12 sekund davom etdi. Shu vaqt ichida 30 metr masofa bosib o‘tildi. Parvoz juda qisqa davom etgan bo'lsa-da, bu katta tarixiy hodisa edi. Chunki bu ham uchib, ham qo‘ndirilgan birinchi haqiqiy parvoz bo'ldi. Keyingi yillarda aka-ukalar samo- lyotni takomillashtirishni davom ettirdilar va soatiga 60 km tezlik bilan uchadigan samolyot yaratdilar. 1913-yilda esa rossiyalik konstruktor Igor Sikorskiy «ÐóññÊÈÍ ÂÍÒÍÇ» (Rus pahlavoni) deb atalgan birinchi 4 dvigatelli ajoyib samolyotni yaratdi. Bugungi kunda samolyot millionlab kishilaming uzog'ini yaqin qilmoqda. Ming- minglab tonna yuklar tashilmoqda. Ular safida «O‘z- bekiston havo yo'llari» aviakompaniya- sining samolyotlari ham bor.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹30

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar