Iogann Sebastyan Bax hayoti va ijodi

Bilet ¹30, savol ¹3

Iogann Sebastyan Bax hayoti va ijodi

Javob

Bach — buyuk nemis kompozitori, mash'hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bach ijodida oldingi davr musiqa janr yo‘nalishlari (shu jumladan, xor polifoniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umumlashtirilib, o‘z badiiy yakunini topgan. Bach musiqasida polifoniya yo‘nalishlari bilan gomofoniya tizimlari o‘zaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bach merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va boshqa cholg‘ular uchun asarlar hamda vokal. vokal-dramatik janrlari va boshqa Bach ijodida organ muhim o‘rin tutadi. U organning yangi imkomyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Jahon Tarixi fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹30

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar