Quyida berilgan huquqlardan shaxsiy huquq va erkinliklarga tegishlisini ajrating.

Bilet ¹2, savol ¹2

1) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar;
2) hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas;
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar;
4) hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas;
5) arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart;
6) shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

Javob

2, 4, 6

Qo'shimcha yoki boshqa yechim

Ðåøåíèå ¹1

Ko'proq vazifalar

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

Fan: Davlat va huquq asoslari 11 sinf imtihon javoblari
Bilet: ¹2

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar