Qadimgi Xitoy Sin sulolasi davrida

Bilet ¹11, savol ¹1

Javob

Sin (aynan — toza) — Xitoyda hukmronlik kilgan manjur imperatorlari sulolasi (1644— 1911). S. sulolasi hukmronligini 4 ta yirik davrga bo‘lish mumkin: 1) manjurlarning Xitoyga bostirib kirganidan Min davlati chegaralarida S. tuzumini o‘rnatilishigacha (1644—83; Shunchji va Kansi hukmronligi); 2) 17-asrning 80-yillaridan 18-asrning 70-yillarigacha — Xitoyda S. tuzumining nisbatan turg‘un ichki siyosati va Xalxadagi mo‘g‘ul knyazliklari, Amurdagi rus qishloqlari, Jung‘or xonligi, Tibet, Sharqiy Turkiston, Vyetnam, Birma, Nepal va boshqalarga nisbatan bosqinchilik yurishlari (Kansi, Yunchjen va Syanlun hukmronliklari) davri; 3) 18-asrning 70-yillaridan 19-asrning oxirigacha, ya’ni S. monarxiyasi 19- asr o‘rtalarida kapitalistik davlatlar agressiyasi natijasida ichki nizolarning kuchayishi (Syanlun, Szyatsin, Daoguan, Syanfin, Tunchji, Guansyuy hukmronliklari) dav-ri; 4) 1894—95 yillardagi Yaponiya— Xitoy urushidan Sinlarning taxtdan voz kechgunlarigacha bo‘lgan davr. S. im- periyasi imperialistik davlatlarning yarim mustamlakasiga aylangan.
Sinxay inqilobi natijasida S. sulolasi hukmronligi ag‘darib tashlangan (so‘nggi manjur imperatori Pu I 1912 y. 12 fevralda taxtdan rasman voz kechgan).

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹11

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar