O‘rta Osiyoning temir davriga o‘tishi

Bilet ¹11, savol ¹2

Javob

Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun ahamoniylar yagona davlatni alohida viloyat - satrapliklarga bo‘lib tashladilar. Bu so‘z forscha «xshatra» - «viloyat» so‘zidan kelib
chiqqan. Viloyat boshlig‘i - satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko‘pchiligi ahamoniylar sulolasining vakillari
bo‘lgan. O‘rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari uch satraplikka bo‘linadi. Har bir satraplik yillik soliq to‘lagan. Bundan tashqari, qaram xalqlar saroy va ibodatxonalar qurilishiga ham safarbar etilgan. Soliqni kumush, chorva mollari (otlar, tuyalar, qo‘ylar), hunarmandchilik buyumlari (sopol idishlar, qurol- yarog‘, zeb-ziynatlar), kiyim-kechak va hayvonlar terisi bilan to‘lashgan. Doro I va uning vorisi Kserks hukmronligi davrida bosib olingan viloyatlardagi O‘rta O siyo xalqlari yunon-fors urushlarida ham qatnashganlar. Mashhur Marafon jangida (mil. avv. 490-yil) fors qo‘shinlari markazida bo‘lgan saklar muvaffaqiyatli urushgan. Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan o‘rtaosiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini mufassal tasvirlagan. Baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va jangovar boltalar bilan, xorazmiylar va so‘g‘diylar baqtriyaliklarniki kabi qurol-aslahalari bilan jangga kirishgan. Sak va baqtriya suvoriylari Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan.

Ko'proq vazifalar

1 2

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹11

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar