Urug‘lanish nima?

Bilet ¹4, savol ¹1

Javob

Changchi va urug‘chidagi jinsiy hujayralaming qo‘shilish jarayoni urug‘lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakdir. Shubhasiz, chang nima, u qanday tuzilgan, degan savol
tug‘iladi. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang dona- chalari yetiladi. Chang o‘simliklaming turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo‘ladi. Uni zamonaviy mikroskoplar- da ko‘rish mumkin. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralaming yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy (generativ) hujayra deb ataladi. Ulaming har birida sitoplazma va yadro bo‘ladi. Urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang o‘simliklar tomonidan tumshuqcha
yuzasining notekisligi va undan ajralib chiqib turadigan yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi. Ushlanib qolgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi. Generativ hujayra bo‘linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon o‘sadi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi. Ulardan bittasi qolganlaridan o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakkacha borib yetadi. Hosil bo‘lgan ikkita sperma chang naychasi orqali urug‘kurtakka borib, ichiga
kiradi. Shu vaqtning o‘zida urug‘kurtak ichida tuxum hujayra va markaziy hujayralar yetilgan bo‘ladi. Spermalar- dan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra
bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda urug‘lanish (qo‘sh urug‘lanish) deb ataladi (74-rasm).

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹4

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar