Novdada barglar qanday joylashadi?

Bilet ¹4, savol ¹2

Javob

0 ‘simliklar bargi novdada ma’lum tartibda joylashadi. Ular, asosan, navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi (35-rasm). Barglari novdada navbat bilan

joy- lashadigan o‘simliklarga olma, o‘rik, do‘lana, terak, tut, tok, atirgul, oqquray, g‘o‘za, pomidor kabilar kiradi. Novdalarda har bir bo‘g‘imning ikki tomonida barglar
bir-biriga qarama-qarshi joylashsa, bunday barglar qarama- qarshi joylashgan barglar deyiladi. Bularga ko‘pchilikka ma’lum rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, da- lachoy, kiyiko‘t, marmarak, gazanda, kampirchopon kabi o‘simliklar kiradi. Novdaning har qaysi bo‘g‘imidan bir nechtadan barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi. Bunday bargli o‘simliklarga sambitgul,
qirqbo‘g‘im, qumrio‘t kabilar misol bo‘ladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹4

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar