Bilet ¹6, savol ¹1
O‘simliklaming turiga va o‘sish sharoitiga qarab poyalar turli xil bo‘ladi. Poyalar ichki tuzilishiga ko‘ra yog‘och poya (terak, qayrag‘och) va o‘t poya (arpa, ituzum)ga bo‘linadi.
Yog‘och poyali o‘simliklardan har yili yangi kurtaklar hosil bo‘ladi. Natijada ko‘p yillik yerustki poya vujudga keladi. O‘tsimon poyalaming yerustki poyalari esa ko‘pincha bir
mavsum yashaydi. Poyalar juda kalta (piyozda) va haddan tashqari uzun bo‘lishi mumkin. Masalan, mirzaterakning balandligi 20-25 m ga yetsa, Kalifomiyadagi sekvoyadendronlamiki 110-140 m, Avstraliyadagi evkaliptlamiki 150-155 m bo‘ladi. Shuningdek, Janubiy Osiyoning tropik o‘rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o‘sadigan Rotang palmasi poyasining uzunligi 400 m ga yetishi barchani qiziqtiradi. Poyalar shoxlagan (olma, yong‘oq), shoxlamagan (palma) bo‘ladi. Shuningdek, poyalar o‘sishiga qarab bir necha xil bo‘ladi: tik o‘suvchi (terak, olma, qayrag‘och, bug‘doy), ko‘tarilib o‘suvchi (sebarga), o‘raluvchi (qo‘ypechak, kamaygul). 0 ‘raluvchi poyalarga ega bo‘lgan o‘simlik atrofdagi o‘simlik yoki bironta tayanchga o‘ralib oladi. Tok, qovoq
va no‘xat o‘simliklari gajaklari yordamida ilashib o‘sadi. Yoyilib yoki palak yoyib o‘suvchi o‘simliklarga qovoq, qovun, tarvuz, bodring va temirtikan kabilami misol qilish
Fan:
Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹6
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali