Bilet ¹6, savol ¹2
Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin tur o‘simlik o‘sadi. Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ulaming poyasi (palagi) yoyilib yoki jingalaklar bilan ilashib o‘sadi. Barglari oddiy, gullari to‘g‘ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulkosachasi 5 ta, gultoji 5 ta gultojbargning qo‘shilishidan hosil
bo‘lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo‘lib qo‘shilgan, 1 tasi erkin. Urug‘chisi bitta, 3 ta urug‘chibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Qovoqdoshlarga mansub o‘simliklaming gullari ayrim jinsli bo‘lganligi uchun ulaming changchi va urug‘alohida-alohida formula va diagrammalar beriladi. Qovoqdoshlaming mevasi - etdor, sersuv, soxta qovoq meva. Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan shirin-shakar handalak, qovun, tarvuz hamda bodring, turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuvg‘ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi.
Fan:
Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹6
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali