Poyaning ichki tuzilishi haqida tushuncha bering?

Bilet ¹22, savol ¹1

Javob

Poya yuksak o‘simliklarning yer ustidagi asosiy vegetativ organi bo‘lib, tayanch, moddalar transporti, zaxira oziq moddalar to‘plash, vegetativ ko‘payish kabi funksiyalarni bajaradi. Poya urug‘ning murtak qismidagi boshlang‘ich poyachadan hosil bo‘ladi. Urug‘ning unishi bilan poya yer ustiga chiqadi va meristema hujayralaming bo‘linishi hamda yiriklashishi hisobiga o‘sadi. 0 ‘simliklar poyasi ular qaysi sistematik birlikka kiri- shi (bir va ikki urug‘pallali) va qaysi hayotiy shaklda (o‘t,
buta yoki daraxt) bo‘lishiga qarab ichki tuzilishi turlicha bo‘ladi.
Daraxt, butalar tanasining tuzilishi o‘t o‘simliklar poyasining tuzilishidan tubdan farq qiladi. Quyida tut darax- tining yosh poyasi ichki tuzilishi bilan tanishamiz.
Poyaning yuzasi bir qavat hujayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida ko‘p qavatli tirik hujayralardan hosil bo‘lgan po‘st parenximasi (asosiy to‘qima) joylashgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹22

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar