Bilet ¹22, savol ¹2
0 ‘simliklar yaxshi o‘sishi, mo‘l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o‘g‘it solish kerak. 0 ‘g‘it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo‘ladi. 0 ‘g‘itlar, asosan, ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, ham- mamizga ma’lum bo‘lgan organik o ‘g ‘itlar, ya’ni go‘ng. Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildor- ligini oshiradi, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan moddalami hosil qiladi. Ikkinchisi - mineral o ‘g'itlar. Bu o‘g‘itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. Mineral o‘g‘itlar har xil bo‘ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o‘g‘itlardir.
Ular o‘simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan, azotli o‘g‘itlar o‘simliklaming o‘sishini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar mo‘l hosil to‘planishiga va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda, o‘g‘itlar mo‘l hosil garovidir.
Fan:
Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹22
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali