Bilet ¹30, savol ¹1
Bu turdagi o’simliklar ra’nodoshlar oilasiga mansub bo’lib, gulqo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, ko‘pincha 5 a’zoli. Gultojbargi 5 ta, qo‘shilmagan. Changchilari ko‘p. Urug‘chisi bitta yoki ko‘p. Mevalari bir danakli (shaftoli, o£rik), ko‘p danakli (malina, olma, nok) mevalar. Bu oilaga tobulg‘i, olcha, na’matak, olma, olxo‘ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjo kabi turkumlar kiradi. Mazkur oilaga kiruvchi tur va turkumlaming ko‘pligi tufayli ulaming gul tuzilishini yagona formula va diagramma bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tog‘ va to‘qaylarda na’matak turkumiga mansub turlar o‘sadi. Ulardan biri oddiy na’matak (ra’no)dir. U bo‘yi 2-3 m ga yetadigan, poyasi ko‘p, tikanli, sershox buta. Barglari murakkab, toq patsimon, 5-9 yaproqchali. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti, gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko‘p changchi va urug‘chilari bor. O‘zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o‘simlik o‘sadi. Na’matak madaniy atirgullaming yowoyi turi
hisoblanadi. Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o‘simliklar respublikamizda madaniy holda ham ko‘p tarqalgan. Ularga o‘rik, shaftoli, gilos va olxo‘ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi (0 ‘rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Fan:
Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹30
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali