Kurtakning tuzilishini tushuntirib bering?

Bilet ¹30, savol ¹3

Óñëîâèå çàäàíèÿ

Javob

Kurtak - bu boshlang‘ich poya. Kurtaklar ikki xil bo‘ladi: generativ kurtak va vegetativ kurtak. Vegetativ kurtak o‘simliklaming boshlang‘ich bargli novdasidir. Generativ kurtak esa boshlang‘ich to‘pgul yoki guldir. Har qanday novda kurtakdan hosil bo‘ladi.
Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin kabilarni kurtagi yirik; tut, tol, qayrag‘och, o‘rik, olma va boshqalaming kurtagi nisbatan mayda bo‘ladi. Ana shunday kurtaklarga qarab o‘simliklar turini aniqlash mumkin. Kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi halqa hosil qilib joylashadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, barg qo‘ltig‘ida joylashganlari yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, qo‘shimcha kurtaklar (ildizda, bargda) ham bo‘ladi. Quyida ko‘pchilikka tanish manzarali o‘simlik – terakning kurtaklari bilan tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari maydaroq bo‘ladi. Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg) bilan o‘ralgan. Bu qobiq ulami, ayniqsa, qishning qattiq sovug‘idan, kasallik tug‘diruvchi bakteriya, zamburug‘lardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig‘i ostida joylashgan boshlang‘ich poyani va zich bo‘lib joylashgan boshlang‘ich barglami ko‘rish mumkin
Kurtaklar qishki tinim davridan o‘tgach o‘sa boshlaydi. Tajribadan shu narsa ma’lumki, kech kuzda barglar to‘kilgandan keyin daraxt va butalaming shoxlaridan kesib olib suvga solib qo‘yilsa, kurtaklar ko‘p vaqtgacha bo‘rtmay turaveradi. Agar shoxchalar yanvaming ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo‘yilsa, kurtaklari tez o‘sa boshlaydi. Kurtaklaming bo‘rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir vaqt ichida o‘tadi. Bu davr faza deyiladi. Erta bahorda o‘rik, shaftoli, bodom kabi o‘simliklarda dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Botanika fanidan imtixon savollariga javoblar 6 sinf
Bilet: ¹30

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar