Markaziy Osiyo va O‘zbekiston ekosistemalari

Bilet ¹6, savol ¹1

Javob

Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil. Markaziy Osiyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik zonalardan iborat
Cho‘lekotizimi. Cho‘lmintaqasi butun respublikamiz hududining 60% dan kopini tashkilqilib, dengizsathidan 400-500mgacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. Tuproqning strukturasiga ko‘ra sho‘rxok tuproqli cho‘l, qumli cho‘l, gipsli cho‘llar farqlanadi. Masalan, sho‘rxok tuproqli cho‘llarda shiraga boy o‘simliklar (seret baliqko‘z, qizil sho‘ra, sarsazan), qum tuproqli cho‘llarda yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simliklar (saksovul, sag‘an, qumtariq, juzg‘un, silen, iloq), gipsli cho‘llarda shu sharoitga moslashgan o‘simliklar (qora boyalich, buyurg‘un, shuvoq) o‘sadi. Cho‘llarda asosiy sutemizuvchilardan qo‘shoyoqlar, barxan mushugi, jayron, oqquyruq, olaqo‘zon, tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri, yumronqoziq, qumsichqon, tipratikan; qushlardan xojasavdogar, to‘rg‘ay, tentakqush, yo‘rg‘a tuvaloq, boyo ‘g‘li, cho‘l moyqurti, qum chumchug‘i, so‘fito‘rg‘ay, yirtqich qushlardan tasqara, burgut kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chipor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi keng tarqalgan To‘qaylar daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat. To‘qaylarda sutemizuvchilardan to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, bo‘ri, chiyabo‘ri, tovushqon; qushlardan o‘rdak, g‘oz, churrak, kakku, baliqchi qush, birqozon, qirg‘ovul, qirg‘iy va boshqalar uchraydi.
Adirlar O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500-1200 m gacha bo‘lgan joylardir.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹6

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar