Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabat .Antibioz

Bilet ¹6, savol ¹2

Javob

Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar - bir turga mansub individlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o‘z- o‘zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo munosabatlar - har xil turlar o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi. O ‘zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar salbiy yoki antagonistik (antibioz) munosabatlar deyiladi. Antibioz. Antibioz munosabatlarga o‘zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, amensalizm kabi munosabat shakllari misol bo‘ladi. Amensalizm - o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. Yirtqichlilik («yirtqich - o‘lja») - turlararo o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bir populatsiya individlari boshqa populatsiya individlari uchun oziq vazifasini o‘taydi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹6

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar