Tabiiy ekosistemalar

Bilet ¹7, savol ¹1

Javob

Tabiiy ekosistemalar - bu turdagi ekosistemalarda 13iologic o‘zgarishlar insonning bevosita ishtirokisiz boradi. Masalan, dengiz, ko‘l, o‘rmon va boshqalar. Tabiiy ekosistemalar tabiat omillari ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Tabiiy ekosistemalar antropogen ekosistemalardan turlarining xilma-xilligi bilan farqlanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy jarayonlarni amalga oshishi va ularning shakllanishi inson faoliyatiga bog‘liq emas. Tabiiy ekosistemalar 3 tipga bo‘linadi: 1) quruqlik ekosistemalari; 2) chuchuk suv ekosistemalari; 3) dengiz ekosistemalari. Quruqlik ekosistemalari. Quruqlik ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini ikkita asosiy 13iologi omil: harorat va yog‘in miqdori belgilaydi. Tundra shimoliy yarimsharda taygadan shimolroqda joylashgan. Tundra (iqlim) juda ham sovuq, o‘rtachayillik harorat 0°C dan ham pastroq. Ignabargli o‘rmon (13iolo). U Yevrosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o‘z ichiga oladi. Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari. Iqlim yil davomida o‘zgarib turadi, qishki harorat 0°C dan past. Yirik bargli daraxtlar (buk, lipa, eman, zarang, shumtol), butalar va o‘tlar o‘sadi. Dashtlarning iqlimi fasllar davomida o‘zgarib turadi, qish harorati 0°C dan past. Asosan o‘tlar, qisman buta va daraxtlar o‘sadi. O‘tloqlar — o‘simliklari asosan o‘tlardan iborat ekosistemalar. Bu ekosistemada o‘suvchi o‘simliklar yetarli darajada namlikni talab qiladi. O‘tloqlar namlik yetarli darajada bo‘lgan hududlar: pasttekisliklar, daryo qirg‘og‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari tog‘ o ‘tloqlari - alp o‘tloqlari, yaylovlar mavjud.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹7

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar