Bilet ¹7, savol ¹2
Katagenez - («kata» - tuban tomonga harakat, «genesis» - rivojlanish) - biologik tuzilishini umumiy soddalashuviga - umumiy degeneratsiyaga olib keladigan evolutsion yo‘nalish. Umumiy degeneratsiya, ya ’ni morfofiziologik regress - biologikfaol hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan organlar sistemasining soddalashuviga yoki yo‘qolishiga olib keladi. Umumiy degeneratsiya biologik progressga yo‘llovchi yo‘nalish sifatida organizmlarning faol, harakatchan hayot kechirishdan passiv, kamharakat hayot kechirishga o‘tishi (parazit va o‘troq hayot kechirishi) bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Umumiy degeneratsiya o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan organlarning tabiiy ravishda yo‘qolishiga olib keladi va shu bilan birga organizmning energiya zaxirasidan kerakli maqsadlarda foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, ularning serpushtligi va yashash muhitiga moslashganligi sababli kop sonli bo‘lishi, arealining kengayishi, yangi sistematik guruhlarning paydo bo‘lishiga, ya’ni 14iologic progessga olib keladi.
Fan:
Biologiya fanidan imtixon savollariga javoblar 11 sinf
Bilet: ¹7
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali