Avstriya-Vengriya imperiyasining Yevropa tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring.

Bilet ¹5, savol ¹1

Avstriya-Vengriya imperiyasining Yevropa tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring.

Javob

Avstriya-Vengriya imperiyasi - Avstriya va Vengriyaning hukmron sinflari o‘rtasidagi bitim asosida 1867-yilda Avstriya imperiyasini qayta tuzish natijasida tashkil topgan dualistik (birlashgan ikki davlatli) monarxiya. Bu monarxiya: Avstriya (Sis-leytaniya) va Vengriya qirolligi (Transleytaniya)dan tashkil topdi. Avstriya tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya, Bukovina va boshqa yerlar, Vengriya qirolligiga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya va boshqa yerlar kirdi. O‘sha yili yangi konstitu-siya qabul qilindi. Avstriya-Vengriya imperiyasi hokimiyatini Avstriya imperatori boshqardi (u Ven-griya qiroli degan unvonga ham ega edi). Imperator hokimiyati rasman Avstriyada reyxstag, Vengriyada seym tomonidan cheklandi. Butun imperiya bo‘yicha uch minis-trlik: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy va dengiz; 3) moliya ministrliklari tashkil etildi. Harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari imperiyaning har ikki qismida ham mavjud edi. Boshqa minis-trliklar Avstriyada ham, Vengriyada ham mustaqil ish yuritgan. 1867 yil bitimiga binoan, Vengriya o‘z parlamentiga, ministrliklariga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatga ega bo‘ldi. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya imperiyasining magiubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918 yilning oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi. Avstriya- Vengriya imperiyasi o‘mida Avstriya, Vengriya, Chexoslo-vakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar