Periklning davlat boshqaruvi haqida maʼlumot bering

Bilet ¹5, savol ¹2

Periklning davlat boshqaruvi haqida maʼlumot bering

Javob

Afinada Perikl davri (miloddan awalgi 5-asr o’rtalari) qadimgi quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni bo’yicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq majlisi - oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yo’li bilan saylanadigan SOOlar kengashi davlatning ma’muriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qo’lida edi. „Perikl oltin asri“ deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri bo’ldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Yevripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar- qasrlar vujudga kelgan. Me’morchilik ustalari- Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina ma’budasi ibodatxonasi - Larfenonii bunyod etganlar. Bu kasr kdd. Me’morlik madaniyatining eng yaxshi namunalaridan biri bo’lib qoldi. O’sha vaqtlarda Afina yozuvchilarining till (attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afina ga bo’ysundirishga qaratilgan tashqi siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruxlar orasida Sparta boshchiligidagi Peloponnes ittifoqiniyat e’tibori baland edi. Peloponnes ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoklab chiqdi. O’rtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli bo’lgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431 -404) keltirib chiqardi. Urushda mag’lubiyatga uchragan Afina o’zining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yo’qotdi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹5

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar