Oltin Oʻrda xonligi haqida maʼlumot bering.

Bilet ¹6, savol ¹1

Oltin Oʻrda xonligi haqida maʼlumot bering.

Javob

Oltin o‘rda, Jo‘ji ulusi 13-aning 40-yillari boshida Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxon (1238—1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-yil Joji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G‘arbiy Sibir, Oltin O‘rdaga qo‘shib olindi. Rus knyazlari Oltin O‘rdaga qaram bo‘lib, xiroj to‘lab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin O‘rda, Sharq manbalarida Jo‘ji ulusi deb atalgan. Oltin O‘rda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga ko‘chirildi. Oltin O‘rda oldin mo‘g‘ul qoniga qaram bo‘lib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin O‘rdani xon boshqargan. Zarurat tug‘ilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shug‘ullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yig‘ish dorug‘a ixtiyorida bo‘lgan. Zarur paytlarda bosqoqlar jo‘natilgan. Yana quyidagi mansab va amallar bo‘lgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamg‘ach (boj yig‘uvchi), timoqchi (tarozi-bon), shusunchi (ta’minotchi), yurtchi (me’mor), yo‘l arachi (yo‘1 noziri), tutqovul (qorovul), ko‘pirchi, kemachi, yomchi, ovchi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹6

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar