Jaloliddin Manguberdining Oʻzbekiston tarixida tutgan oʻrni haqida ayting
Bilet ¹6, savol ¹2
Jaloliddin Manguberdining Oʻzbekiston tarixida tutgan oʻrni haqida ayting
Jaloliddin Manguberdi (to’liq ismi —Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning to’ng’ich o’g’li. U 33 yil umr ko’radi va uni 11 yili jang ichida o’tadi. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan bo’lgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) bo’lgani uchun Mankbumi nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o’zgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur bo Tib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G’azna, Bomiyon, G’ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo’lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o’zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan. Chingizxon katta qo’shin to’plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o’zi otlangan. Fapdiz qal’asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo’shinining ilg’orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo’shini Jaloliddin Manguberdini daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25- noyabrda bo’lgan tengsiz jangda (qarang Sind daryosi bo’yidagi jang) mag’lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o’ng sohiliga suzib o’tib, cho’l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho’l hozirda ham Cho’li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o’z o’g’illariga qarab: "Ota o’g’il mana shunday bo’lishi lozim!", degan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo’g’ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo’shinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini o’zi esa ta’qibdan qutulib Kurdiston tog’lariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo’liga asir tushib, fojiali ravishda halok bo’lgan. Jaloliddin o’ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o’zini yo’qotib qo’ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi".
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹6
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali