Baqtriya davlati haqida maʼlumot bering.

Bilet ¹7, savol ¹1

Baqtriya davlati haqida maʼlumot bering.

Javob

Baqtriya, Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va o’rta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hoziigi O’zbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Al- g’onistonning shim, qismini o’z ichiga olgan. Shim.da Sug’d, jan.da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandhara, g’arbda Marg’iyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) bo’lgan. Baqtriya mil. avv. 6-4-asrlarda Ahamoniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, so’ngra mil. aw. 3-asr o’rtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; mil. avv. 2-asrda toharlar tomonidan bosib olingach, Tohariston deb atala boshlagan. Baqtriyaning o’tmishda "Ming bir shahar mamlakati" deb atalganligi unda shaharlaming ko’p bo’lganligidan guvohlik beradi. Baqtriya da asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Bu davrda metall ishlash sanoati (Dalvarzintepa va boshqalar), me’morlik (Kuchuk-tepa, Hal’aimir va boshqalar), xalq og’zaki ijodiyoti taraqqiy etgan. Baqtriya madaniyati, ayniqsa mil.avv. ming yillikning so’nggi asrlarida yuksalgan (Xotin-rabod va boshqalar). Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari an’analari ta’sirida ham boyigan. Mil. avv. 2-1-asrlarda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (yana q. Sopollitepa). Bu davrga oid me’morlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy san’at namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa. Qal’a-imir, Xolchayon va boshqa joylardan topilgan. Jan. B.dagi Bagram, Balx, Dashli, Dilbarjin, Oyxonim, Oltindilsrte-pa, Xadda (Afg’oniston) va Taksila (Pokiston)da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu hakdagi ma’lumotlarni yanada boyitdi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹7

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar