Olimxonning Qoʻqon xonligi tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring
Bilet ¹7, savol ¹2
Olimxonning Qoʻqon xonligi tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring
Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon (1881, Karmana 1944.28.4, Kobul) — Buxoro amiri (1910-20), mang’itlardan. Amir Abdulahadning o’g’li. Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida ta’lim olgan (1893-96). 1898-yil Qarshi, so’ngra valiaxd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo’lgan. Otasi vafotidan so’ng, Buxoro taxtiga o’tirgan (1910-yil 24-dek.). Olimxon davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanadakuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiq ta’qib qilindi. 1920’yil avg .da Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag’darib tashlandi. Sentabr oyining o’rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o’ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga karshi kurashgan. Olimxonni Kobulda Afg’oniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Kal’ai Fotuda maxsus qarorgoh ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g’oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, ko’rboshilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg’alar jo’natib, ularni kurashga ilxomlantirgan. Olimxon Kobulda o’zining esdaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko’zi ojizlanib qoladi, og’ir dardga chalinadi. Uzoq davom etgan xastalikdan so’ng u Kal’ai Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi Shahidoni islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Olimxonning xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik G’arbda fors tilida, O’zbekistonda o’zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida (1992) alohida kitob sifatida chop qilingan. Olimxon hukmronligi davrida Buxoroda Olimxon madrasasi qurilgan, Sitorai Mohi Xosa saroyini qurish yakunlangan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹7
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali