Dashti Qipchoq haqida maʼlumot bering
Bilet ¹11, savol ¹1
Dashti Qipchoq haqida maʼlumot bering
Dashti qipchoq, Qipchoq dashti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yon bag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlami 11 -15-asrlarga oid arab va fors manbalaridagi nomi. " Dashti qipchoq " atamasini dastlab Nosir Hisrav (11-asr) qo’Hagan. Bu davrda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan g’arbga tomon ko’chib (1030 y.) Xorazmga qo’shni bo’lishgan va hozirgi Qozog’iston hududi, shuningdek, jan. rus dashtlarini egallashgan. Dashti qipchoq aholisi sharq manbalaiida — qipchoklar.rus solnomalarida — polovetslar, Vizantiya xronikalarida — kumanlar, venger manbalaiida kunlar deb atalgan. Dashti qipchoq 2 qism — Sharqiy va G’arbiy qismdan iborat bo’lib, Yoyiq (Ural) daryosi ulaming chegarasi sanalgan. G’arbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan to Dneprgacha b’lgan hududdan iborat bo’lgan. 13-asrda Dashti qipchoqni mog’ullar bosib olib, tarixda Jo’ji ulusi nomi bilan mashhur Oltin O’rda davlatini baipo etganlar. Dashti qipchoqning asosiy aholisi ko’chmanchi va yarim o’troq bo’lib, chorvachilik va ovchilik, daryo va ko’l yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, O’rda Bozor, Sig’noq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilikva savdo-sotiq bilan shug’ullangan. 16—18-asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida " Dashti qipchoq " atamasi uning sharqiy qismi (hoz. Qozog’iston) ni anglatgan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹11
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali