Abdullaxon II haqida maʼlumot bering

Bilet ¹11, savol ¹2

Abdullaxon II haqida maʼlumot bering

Javob

Abdullaxon II (to’liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534-1598 Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) - o’zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat
homiysi. Bobosi Jonibek
sulton Karmana va Miyonkol hokimi (1512-13-yilda) bo’lgan. Otasi Iskandar sulton o’g’li tug’ilgan paytda Ofarinkentni.keyichalik, altidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog’idan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548), Mo’g’uliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Do’stum sultonlar qo’shiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton o’zining hukmdor sifatidagi butun g’ayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navro’z Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini o’z zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552—56) o’z mulkini g’arbga - Buxoro tomonga va janubiy-sharq - Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu sa’y- harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur bo’lgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va pin Jo’ybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom ko’magida Navro’z Ahmadxon, keyinchalik uning o’g’illari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shorn, Afg’oniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind(1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹11

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar