Qadimgi Misr sivilizatsiyasi va uning boshqa sivilizatsiyalardan farqli tomonlari haqida maʼlumot bering

Bilet ¹19, savol ¹1

Qadimgi Misr sivilizatsiyasi va uning boshqa sivilizatsiyalardan farqli tomonlari haqida maʼlumot bering

Javob

Qadimgi Misr — Alrikaning shim.- sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Miloddan avvalgi 10—6 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug’ullanishgan. Miloddan avvalgi taxminan 3 ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bo’lgan. Misming keyingi tarixi 4 asosiy davrga bo’linadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000 — 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), O’rta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), So’nggi (Liviya- Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332). Misrda hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, G’arb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uyg’unlashuvi sodir bo’lgan. Miloddan avvalgi 2-asming oxiriga kelib ishlab chiqarish pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik ro’y bergan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan bo’lgan urushlardan so’ng Misr ko’p yerlaridan ajralgan. 619-yil Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, Misrni bosib olgan. 639—642 yillarda Misrni arablar zabt etgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹19

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar