Buyuk Karlning harbiy yurishlari.
Bilet ¹19, savol ¹2
Buyuk Karlning harbiy yurishlari.
Buyuk Kail -franklar qiroli (768-yildan), imperator (800- yildan), karolinglar sulolasi uning nomi bilan atalgan. Uning bosqinchilik urushlaii (773—774- yillarda Italiyadagi Langobard qirolligiga, 772—804 yillarda sakslar yeri va boshqalarga qarshi) natijasida katta imperiya vujudga kelgan. Â. K. ning olib borgan siyosati (cherkovga homiylik qilish, sud va harbiy islohotlar va boshqalar) G’arbiy Yevropada yangi ijtimoiy munosabatlaming shakllanishida muhim boskich bo’lgan. B.K. ning imperiyasi uning vafotidan so’ng bir oz vaqt o’tgach, parchalanib ketgan. Buyuk Karl 742-yili tugrilgan, u sulola asoschisi Pipin Pakananing o‘g‘li bo’lib, Franklar qirolligini 46 yil boshqargan. “Buyuk” nomi tarixchilar tomonidan 53 marotaba harbiy yurishlar qilganligi sabab berilgan.U yirik saltanat tuzadi. Karl haqida ko‘plab hikoyalar, asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo‘shiqlar yaratilgan. Uning ismidan “korol” ya’ni “qirol” unvoni kelib chiqqan.Buyuk Karl 773-yili german qabilasi langobardlarga qarshi jang boshlaydi, langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etiladi. Karlning jiyani Roland Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi jangda halok bo‘ladi. Reyn daryosining o‘ng sohilida yashovchi sakslarga qarshi urushlar 30 yildan ortiq davom etadi.Bu urush Kail uchun ancha murakkab kechadi. Sakslar germanlaming Karlga bo’ysunmagan so’ngi yirik qabilasi bo’lgan.Ammo baribir ffanklarga bo‘ysunganlar.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹19
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali