Qadimgi Xorazm va Kushon podsholigini oʻzaro taqqoslang.

Bilet ¹20, savol ¹1

Qadimgi Xorazm va Kushon podsholigini oʻzaro taqqoslang.

Javob

Kushon podsholigi— o‘rta osiyo va shimoliy hindistondagi qadimiy davlat (milodiy 1—3- asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud o‘rtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan.
Kushon podsholigi davrida janglar tez-tez bo‘lib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir- qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron bo‘lish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlami o‘zaro yaqinlashtirgan. „Buyuk ipak yo‘li“ bo‘ylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharqda — Sharqiy Turkistonning qo‘shib olingan shaharlar—vohalari orqali Xitoy bilan, jan.da— kushonlarga tobe Shim. Hindiston bilan, g‘arbda — dengiz yo‘li bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yo‘l bilan Eron orqali O‘rta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda Xorazm va Uralbo‘yi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Janubiy O‘zbekistondan kushonlar davriga oid lOOdan ziyod shahar va qishloq harobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq o‘zaro mustahkam aloqada borigan: har 1 shahar atrofida ko‘plab mayda qishloqlar joylashgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹20

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar