Amir Nasrulloxon haqida maʼlumot bering.

Bilet ¹20, savol ¹2

Amir Nasrulloxon haqida maʼlumot bering.

Javob

Nasrullaxon (1806-1860) — Buxoro amiri (1826-1860), mang’itlarlardan Amir Haydaming o’g’li. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokiralik qilgan. Amir Haydar vafotidan so’ng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797-1826) va amir Umar (1826-yil )ni oradan ko’tarib, Buxoro taxtiga o’tiradi (1826). Nasrullaxon o’z hukmronligi davrida islom shariati ko’rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi bo’lganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug’ va qavm boshliqlari bo’lgan ko’plab amaldorlami quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g’ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837-yilda harbiy sohada islohotlar o’tkazib, o’z qo’shinining jangovar holatini yaxshiladi. Nasrullaxon Xiva vaQo’qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Nasrullaxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya manfaatlari o’zaro t’qnashgan davr hisoblanadi. Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxo’ja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxo’ja (1829) Aliy Cho’bin, Mirzo Abdulg’affor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod me’moriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855).. Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹20

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar