Chexiya davlatining tashkil topishi haqida maʼlumotlar keltiring.

Bilet ¹22, savol ¹1

Chexiya davlatining tashkil topishi haqida maʼlumotlar keltiring.

Javob

Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Miloddan avvalgi taxminan 400- yillarda bu yerda keltlar, miloddan avvalgi 1-asrda kelt qabilalarining boyi guruhi yashagan (Chexiyaning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham shundan). Iming yillik o‘rtalarida Chexiyada slavyan qabilalari ko‘pchilikni tashkil etdi. 7-asrda Chexiya xududi Sarno davlati, 9-10-asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo boMgan Praga knyazligi ilk chex davlatining o‘zagi bo‘lib qoldi. 1198-yildan qirollikka aylandi. 1310-1437- yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida bo‘ldi. 15-asrning lyarmida Chexiyada kuchli ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tdi (qarang Guschilar harakati). 1526-yil Chexiya Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qo‘shib olindi. 1618-20 yillarda chex qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatidan so‘ng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-asr oxiri - 19-asr lyarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30-40-yillarida u siyosiy tus ola boshladi. 1848-yil Pragadagi Svyatovatslav yig‘ini Gabsburglar imperiyasida 1848—49 yil inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867-yil Chexiya Avstriya-Vengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878-yil Chexiyada Chexoslavyan sotsialdemokratik ishchi partiyasi tuzildi. 1918-yil AvstriyaVengriya parchalangach, Chexiya Slovakiya bilan birlashib mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tashkil etdilar.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹22

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar