Boburiylar sulolasidan boʻlgan Shoh Jahonning Hindiston tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.
Bilet ¹22, savol ¹2
Boburiylar sulolasidan boʻlgan Shoh Jahonning Hindiston tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.
Shoh jahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-o’g’li. Asl isrni Xurram. 1616 yil Dekan (to’g’rirog’i — Dakan)dagi g’alabasidan so’ng Shoh jahon nomini olgan. 1622—25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan.l627-yilda taxt uchun kurashlarda g’olib bo’lib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan.Taxtga o’tirgan zahoti bir qancha isyonlami bostirishga majbur bo’lgan.Shoh jahon poytaxtni Agradan Dehliga ko’chirgan. Bu davrda adabiyot, san’at, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Shoh jahon bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qal’a, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bog’i va boshqalar d Shoh jahon davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurg’oqchilik tufayli ocharchilik bo’lgan, xalqning ahvoli og’irlashgan, shuning uchun Shoh jahon mazkur o’lkalardagi yersolig’ini kamaytirgan. Shoh jahon davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash avj olgan.Bu kurashda katta o’g’li Avrangzeb g’olib kelib, taxtni egal lagan. Shoh jahon Tojmahal maqbarasida xotini Murntoz Mahal yoniga dafn etilgan.
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹22
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali