Qangʻ davlati haqida fikrlaringizni bildiring

Bilet ¹26, savol ¹1

Qangʻ davlati haqida fikrlaringizni bildiring

Javob

Qang’ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o’qilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr o’rtalari). Ayrira adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.K,Shoniyozov likricha, Qang’ sharqda Farg’ona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.-g’arbda Sarisu, g’arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo’lgan. Xitoy manbalariga ko’ra, Qang’ning jan. hududiga hozirgi O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on vaUrganch tumanlari kirgan bo’lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Qang’ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye bo’lgan. Mill.avv 3-asrda unga saklar asos solgan.Uning poytaxti Qang’dez bo’lgan.Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan.Qang’ davlatining asosiy shaharlar Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan.Mill.avv 2-asr oxirida qudratli davlatga aylandi.Uning hududidan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i o’tgan. Uning aholisi qang’arlar deb atalgan.Milodiy 3-asrda Qang’ davlati parchalanib ketdi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹26

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar